15.08.2024 сотрудник авторынка Бухары предупредил бизнесменов о том, что планируется установка счетчиков в одном месте, вместо того чтобы они были установлены в каждом магазине, как сейчас. По словам бизнесменов, они должны собрать по 300.000 сум на установку других счетчиков старого образца (не онлайн), несмотря на то, что сейчас используются онлайн-счетчики. Недовольные бизнесмены попытались поговорить с директором авторынка, но руководство избегает общения.
Бизнесмены просят помочь в решении проблемы, оставив всё как есть и продолжая использовать онлайн-счетчики.
———————-
Buxoro avtosavdo bozoridagi tadbirkorlar rahbariyatdan norozi
15.08.2024-yilda Buxoro avtosavdo bozori xodimi tadbirkorlarga har bir do‘konda o‘rnatilgan hisoblagichlarni olib tashlab, bitta umumiy joyga o‘rnatishni rejalashtirayotganliklarini ma’lum qildi. Tadbirkorlarning aytishicha, ular eski turdagi (onlayn bo‘lmagan) hisoblagichni o‘rnatish uchun har biri 300.000 so‘m yig‘ishlari kerak, holbuki hozirda onlayn hisoblagichlar ishlatilmoqda. Norozi tadbirkorlar avtosavdo bozori direktori bilan gaplashmoqchi bo‘lishdi, ammo rahbariyat suhbatdan qochmoqda.
Tadbirkorlar muammoni hal qilishda yordam so‘rab, hozirgidek onlayn hisoblagichlardan foydalanishda davom etishni so‘rashmoqda.