В Бухарской области таможенным управлением был проведён пресс-тур с участием представителей средств массовой информации, посвящённый возможностям, созданным для экспортёров.

В ходе мероприятия отмечено, что за последние 3 года в системе таможни активно внедряются цифровые решения: внедрено 26 новых информационных систем (всего 35), 15 интерактивных услуг (всего 41) и 10 мобильных приложений (всего 11). В рамках программы «Экспорт в три шага» процесс заполнения декларации сокращён с 9 до 3 этапов. В результате более 250 предпринимателей воспользовались этими возможностями, обеспечив экспорт на сумму свыше 440 млн долларов.

В настоящее время 81–82% экспортно-импортных деклараций оформляются в упрощённом порядке, а около 60% экспортных операций осуществляется без участия человека, что существенно сокращает время и издержки бизнеса.

Также в соответствии с Указом Президента №ПФ-250 от 17 декабря 2025 года и постановлением от 30 января 2026 года №40 для экспортёров введены дополнительные льготы. В частности, для предпринимателей с рейтингом устойчивости «BB» и выше отменён ряд требований по гарантиям и платежам, а также создана возможность ведения торговли с нерезидентами без ввоза товаров на территорию страны.

В ходе пресс-тура была представлена информация о режиме переработки на таможенной территории. Согласно данному режиму, товары ввозятся с условным освобождением от уплаты таможенных платежей и налогов, перерабатываются и затем вывозятся в виде готовой продукции. Отмечено, что доля переработанной продукции в общем экспорте составляет в Китае 35% (872 млрд долларов), в Европейском союзе — 10% (256 млрд долларов), в России — 13% (43,1 млрд долларов).

Для предпринимателей созданы дополнительные удобства: расширен перечень операций переработки (включая упаковку, сортировку, очистку, адаптацию и модернизацию), предусмотрено распространение льгот, преференций, субсидий и компенсаций на реэкспорт переработанной продукции.

Кроме того, отменены требования по получению ряда сертификатов и обеспечению таможенных платежей, внедрена возможность самостоятельного определения норм выхода готовой продукции, а также освобождение отходов от таможенных пошлин при их выпуске в свободное обращение. Введён порядок выдачи единого разрешения, упрощены требования при ремонте товаров и внедряется механизм подачи электронной отчётности.

Также разъяснено, что таможенный контроль осуществляется на основе системы управления рисками с применением «зелёного», «жёлтого» и «красного» коридоров. В настоящее время около 80% товаров оформляются по упрощённой процедуре, и лишь 20% подлежат таможенному досмотру.

Подчёркнуто, что проводимые реформы направлены на повышение экспортного потенциала, поддержку предпринимательства и обеспечение прозрачности деятельности таможенных органов.

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida eksportyorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarga bag‘ishlangan press-tur o‘tkazildi.

Tadbirda qayd etilishicha, so‘nggi 3 yilda bojxona tizimida raqamlashtirish jarayonlari jadal amalga oshirilib, 26 ta yangi axborot tizimi (jami 35 ta), 15 ta interaktiv xizmat (jami 41 ta) hamda 10 ta mobil ilova (jami 11 ta) joriy etilgan. “Eksport uch qadamda” dasturi orqali deklaratsiya to‘ldirish jarayoni 9 bosqichdan 3 bosqichga qisqartirildi. Natijada 250 dan ortiq tadbirkor 440 mln dollardan ziyod eksportda ushbu imkoniyatlardan foydalangan.

Hozirda eksport-import deklaratsiyalarining 81–82 foizi soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilmoqda, eksportning qariyb 60 foizi esa inson omilisiz amalga oshirilmoqda. Bu esa tadbirkorlar uchun vaqt va ortiqcha xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirmoqda.

Shuningdek, 2025 yil 17 dekabrdagi PF–250-son Farmon va 2026 yil 30 yanvardagi 40-sonli qarorga muvofiq, eksportyorlar uchun qo‘shimcha yengilliklar joriy etilgan. Jumladan, barqarorlik reytingi “BB” va undan yuqori bo‘lgan tadbirkorlar uchun ayrim kafolat va to‘lov talablari bekor qilingan hamda norezidentlar bilan tovarlarni hududga kiritmasdan turib savdo qilish imkoniyati yaratilgan.

Press-tur davomida bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi imkoniyatlari ham yoritildi. Mazkur rejimga ko‘ra, tovarlar bojxona hududiga bojxona bojlari va soliqlarni to‘lashdan shartli ozod etilgan holda olib kirilib, qayta ishlangandan so‘ng tayyor mahsulot sifatida olib chiqiladi. Qayd etilishicha, qayta ishlangan mahsulotlarning umumiy eksportdagi ulushi Xitoyda 35 foizni (872 mlrd dollar), Yevropa Ittifoqida 10 foizni (256 mlrd dollar), Rossiyada esa 13 foizni (43,1 mlrd dollar) tashkil etadi.

Mazkur yo‘nalishda qo‘shimcha qulayliklar ham yaratilgan. Xususan, qayta ishlash operatsiyalari ro‘yxati kengaytirilib, qadoqlash, o‘rash, saralash, tozalash, moslashtirish va uskunalarni modernizatsiya qilish xizmatlari kiritilgan. Shuningdek, eksportda qo‘llaniladigan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar va kompensatsiyalar qayta ishlangan mahsulotlarni reeksport qilishda ham tatbiq etilishi belgilangan.

Bundan tashqari, qayta ishlash jarayonida muvofiqlik sertifikati, sanitariya-epidemiologik xulosa hamda bojxona to‘lovlari ta’minoti talablari bekor qilingan. Tadbirkorlar uchun tayyor mahsulot chiqish me’yorlarini mustaqil belgilash imkoniyati yaratilgan, chiqindilarni erkin muomalaga chiqarishda bojxona boji qo‘llanilmasligi joriy etilgan. Shuningdek, yagona ruxsatnoma berish tartibi yo‘lga qo‘yilgan, ayrim hollarda ta’mirlash ishlari uchun ruxsatnoma olish talabi bekor qilingan hamda elektron hisobot topshirish tizimi joriy etilmoqda.

Tadbirda bojxona nazoratining shaffofligi va samaradorligi haqida ham ma’lumot berildi. Qayd etilishicha, bojxona ko‘rigi tanlab olish prinsipi asosida amalga oshiriladi va uch yo‘lak — “yashil”, “sariq” hamda “qizil” yo‘laklar orqali rasmiylashtiriladi. Hozirda tovarlarning qariyb 80 foizi soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilmoqda va faqat 20 foizi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmoqda.

Ta’kidlanishicha, amalga oshirilayotgan mazkur islohotlar eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda bojxona tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Отправить комментарий