18 апреля в Бухарской области широко отметили День работников сферы жилищно-коммунального обслуживания.
Редакция @potrebitelbukharaplus искренне поздравляет всех сотрудников коммунальных служб с их профессиональным праздником!
С 2018 года редакция активно сотрудничает с Бухарским областным управлением строительства и ЖКХ, освещая проблемы в сфере и способствуя их решению. Ежегодно управляющие компании совместно с властями стремятся улучшать инфраструктуру, особенно важна стабильная подача тепла в зимний период.
Однако в последние годы на фоне роста тарифов и накопившихся проблем у жителей снижается мотивация оплачивать услуги. Это приводит к замкнутому кругу, который отрицательно влияет на всю сферу.
Редакция @potrebitelbukharaplus и дальше будет взаимодействовать с Управлением, внося предложения по улучшению работы управляющих компаний. В частности, было предложено ввести в каждой УК ответственное лицо, которое будет вести открытую информационную работу: публиковать новости, фото- и видеоматериалы о проделанных работах и предоставлять отчётность. Это поможет укрепить доверие жителей и повысить своевременность оплаты коммунальных услуг.
📢 Если вы хотите, чтобы ваш дом и ваша квартира были благоустроены — участвуйте в жизни вашей управляющей компании, следите за её работой, вовремя оплачивайте услуги и требуйте исполнения обязательств.

Uy-joy kommunal soha xodimlari kuni munosabati bilan tabrik!
18-aprel – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi va uning tarkibidagi korxonalarda keng nishonlandi.
Redaktsiya @potrebitelbukharaplus ushbu kasb egalari — kommunal xizmat sohasida mehnat qilayotgan barcha fidoyi insonlarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklaydi!
Redaktsiyamiz 2018-yildan buyon sohadagi muammolarni yoritish, ularni hal qilishda ko‘maklashish maqsadida Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Har yili boshqaruv servis kompaniyalari mahalliy hokimliklar bilan birgalikda infratuzilmani yaxshilash, ayniqsa, qish mavsumida issiqlik bilan ta’minlashda barqarorlikka erishish yo‘lida izchil ish olib borishmoqda.
So‘nggi yillarda sohada ayrim ijobiy o‘zgarishlarga qaramay, ba’zi kamchiliklar saqlanib qolmoqda: xizmatlar narxining ortishi, ayrim nosozliklarning vaqtida bartaraf etilmasligi fuqarolarning norozi bo‘lishiga va o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirmasligiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa o‘z navbatida butun tizimga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Redaktsiya @potrebitelbukharaplus va Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi bu yo‘nalishda hamkorlikni davom ettiradi. Jumladan, boshqaruv kompaniyalarining ishini ochiq va shaffof qilish, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha doimiy foto va video hisobotlar e’lon qilib borish bo‘yicha takliflar bildirildi. Bu esa aholi ishonchini mustahkamlab, xizmatlar uchun o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirishga undaydi.
📢 Agar siz ham uyingiz va xonadoningiz obod bo‘lishini istasangiz, boshqaruv servis kompaniyangiz faoliyatida faol ishtirok eting, uning ishini kuzatib boring, o‘z vaqtida to‘lovlarni bajaring va o‘z huquqlaringizni talab qiling.