В Бухаре модернизируют систему централизованного теплоснабжения

В Бухаре модернизируют систему централизованного теплоснабжения

Начальник управления АО «Issiqlik ta’minoti» У. Уктамов ознакомился с ходом строительно-монтажных работ по развитию и модернизации системы централизованного теплоснабжения в Бухаре.

В частности, был изучен проект по обеспечению тепловой энергией нового административного центра, расположенного на территории махалли Гулчорбог.

Согласно проекту, здесь планируется установить модульную котельную мощностью 32 МВт на основе технологии тригенерации. Она обеспечит отоплением и системой охлаждения 29 многоквартирных домов и 23 объекта социальной сферы.

В настоящее время ведётся строительство 3,27 км тепловых сетей и 3,1 км сетей системы охлаждения.

Также продолжаются работы по подключению многоквартирных домов махалли Турки Жандий к сетям котельных «РК-1» и «РК-2» города Бухары.

В рамках проекта предусмотрена прокладка 3,06 км тепловых сетей и установка четырёх котлов мощностью по 5 МВт каждый (общая мощность — 20 МВт). Это позволит обеспечить качественным теплоснабжением 42 многоквартирных дома и 22 объекта социальной сферы.

Ответственным лицам поручено обеспечить высокое качество строительно-монтажных работ, строго соблюдать установленные сроки и полностью подготовить объекты к осенне-зимнему сезону.

Buxoro shahrida markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimi modernizatsiya qilinmoqda

“Issiqlik ta’minoti” AJ boshqarma boshlig‘i U. O‘ktamov Buxoro shahrida markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari bilan tanishdi.

Xususan, Gulchorbog‘ mahallasi hududidagi yangi ma’muriy markazni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash loyihasi ko‘zdan kechirildi.

Loyihaga ko‘ra, trigeneratsiya texnologiyasiga asoslangan 32 MVt quvvatga ega modulli qozonxona o‘rnatiladi. U orqali 29 ta ko‘p qavatli uy va 23 ta ijtimoiy soha obyekti issiqlik hamda sovutish tizimi bilan ta’minlanadi.

Hozirda 3,27 km issiqlik tarmog‘i va 3,1 km sovutish tizimi tarmog‘ini qurish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Turki Jandiy mahallasidagi ko‘p kvartirali uylarni Buxoro shahridagi “RK-1” va “RK-2” qozonxonalari tarmog‘iga ulash ishlari ham davom etmoqda.

Mazkur loyiha doirasida 3,06 km issiqlik tarmog‘i tortilishi hamda 4 ta 5 MVtli (jami 20 MVt) qozon o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Natijada 42 ta ko‘p qavatli uy va 22 ta ijtimoiy soha obyekti sifatli issiqlik ta’minotiga ega bo‘ladi.

Mas’ullarga qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarish, belgilangan muddatlarga qat’iy amal qilish hamda kuz-qish mavsumiga qadar obyektlarni to‘liq tayyor holatga keltirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Отправить комментарий