Реализация проекта по улучшению теплоснабжения и горячего водоснабжения в регионах страны
15–16 мая 2025 года в рамках совместного проекта Республики Узбекистан и Всемирного банка в городах Бухара, Андижан, Чирчик и Самарканд состоялась пресс-конференция, посвящённая реконструкции системы централизованного теплоснабжения и повышению энергоэффективности. Мероприятие проводилось в рамках информационно-разъяснительной кампании для содействия внедрению современной системы теплоснабжения и горячего водоснабжения.
В пресс-конференции приняли участие представители махаллей, управляющих компаний и активная общественность. Участники ознакомились с ходом работ и перспективами развития.
В Бухаре реализацию проекта осуществляет АО «Бухараэнергомарказ», которое уже установило новое энергоэффективное оборудование в рамках модернизации. Предприятие на протяжении длительного времени стабильно обеспечивает жителей теплом и горячей водой.
Сотрудники редакции @potrebitelbukharaplus также являются абонентами АО «Бухараэнергомарказ» и выражают искреннюю благодарность за бесперебойную работу. За долгие годы не возникало серьёзных перебоев с подачей тепла и горячей воды.
Тем не менее оборудование со временем изнашивается, и его плановая замена необходима. Благодаря обновлению созданы все условия для стабильной подачи горячей воды. Однако важно понимать: в большинстве случаев возникающие проблемы связаны не с котельной, а с внутренними коммуникациями домов — подвалами и стояками.
В Бухаре в ванных начали устанавливать полотенцесушители (сушилки), которые позволяют горячей воде быстрее поступать в краны. Это добровольное решение, и его отсутствие не несёт последствий. Но важно не жаловаться в случае, если в дом без сушилки горячая вода будет поступать медленнее.
Все жалобы были учтены. Впредь работы будут предварительно анонсироваться, и только затем реализовываться. Также в будущем к системе централизованного теплоснабжения планируется подключение новостроек.
Если в Бухаре идёт модернизация, то в ряде других регионов работы ведутся с нуля. Представители пресстура из разных областей остались приятно удивлены уровнем организации, который демонстрирует АО «Бухараэнергомарказ». Также была представлена наглядная инфографика о проделанной работе.
Важно вовремя оплачивать услуги котельной, чтобы сохранять стабильные тарифы и бесперебойную подачу тепла и горячей воды.






Mamlakat hududlarida issiqlik ta’minoti va issiq suv ta’minotini yaxshilash loyihasining amalga oshirilishi
2025-yil 15–16-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Jahon banki hamkorligidagi loyiha doirasida Buxoro, Andijon, Chirchiq va Samarqand shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir zamonaviy issiqlik va issiq suv ta’minoti tizimini joriy etishga ko‘maklashish bo‘yicha axborot-tushuntirish kampaniyasi doirasida tashkil etildi.
Anjumanda mahalla vakillari, boshqaruv kompaniyalari xodimlari va faol jamoatchilik ishtirok etdi. Ular amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni va istiqboldagi rejalar bilan tanishdilar.
Buxoroda loyiha “Buxoroenergomarkaz” AJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Korxona modernizatsiya doirasida energiya tejamkor uskunalarni o‘rnatdi. Uzoq yillar davomida aholini barqaror tarzda issiqlik va issiq suv bilan ta’minlab kelmoqda.
@potrebitelbukharaplus tahririyati xodimlari ham “Buxoroenergomarkaz” AJ abonentlari hisoblanadi va ko‘rsatilayotgan xizmatlardan juda mamnun. Yillar davomida jiddiy uzilishlar bo‘lmagan.
Shunga qaramay, uskuna vaqt o‘tishi bilan eskiradi va uni reja asosida almashtirish zarur. Yangi uskunalar tufayli issiq suvni barqaror yetkazib berish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Ammo tushunish kerakki, aksariyat muammolar qozonxonaga emas, balki uy ichidagi kommunikatsiyalar — podval va stoyaklarga bog‘liq bo‘ladi.
Buxoroda hammomlarda issiq suvni tezroq yetkazishga yordam beradigan quritgichlar (polotentsesushitel) o‘rnatilmoqda. Bu — ixtiyoriy chora, uni o‘rnatmaslik hech qanday oqibatlarga olib kelmaydi. Lekin quritgichsiz uylarda suv sekinroq kelishidan shikoyat qilmaslik kerak.
Bildirilgan barcha shikoyatlar inobatga olindi. Endi barcha ishlar oldindan e’lon qilinib, keyin amalga oshiriladi. Yaqin kelajakda yangi qurilgan uylarni ham markazlashtirilgan issiqlik tizimiga ulash rejalashtirilgan.
Agar Buxoroda modernizatsiya ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, ayrim hududlarda bu ishlar butunlay boshidan boshlanmoqda. Turli viloyatlardan kelgan press-tur vakillari “Buxoroenergomarkaz” AJ tomonidan ko‘rsatilayotgan tashkilotchilik darajasidan mamnun bo‘lishdi. Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha infografika ham taqdim etildi.
Issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlaridan barqaror foydalanishni ta’minlash uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhimdir.