4 сентября в 12:02 в Главное управление МЧС Бухарской области и на короткий номер «102» УВД поступило сообщение о чрезвычайном происшествии в центральном канализационном коллекторе, проходящем через территорию села Боғидашт Бухарского района.
По предварительным данным, при подключении канализационных труб строящихся в 7-м микрорайоне г. Бухары многоквартирных домов, по неосторожности упали пятеро рабочих ООО «Файз бинокор Олтиариқ».
В ходе проверки установлено, что около 12:00 рабочие совместно с водителем крана марки КамАЗ, госномер 80 411 JBA, принадлежащего ООО «Ўрта Осиё қурилиш», проводили работы по соединению нового коллектора диаметром 1000 мм и глубиной 8 метров с действующей канализацией. Для этого без разрешения инженерной компании «Бухарское областное управление водоснабжения и канализации» был открыт люк, что явилось грубым нарушением правил охраны труда.
В результате пятеро рабочих упали внутрь и были унесены сильным потоком сточных вод.
При осмотре места происшествия в коллекторе на территории махалли Зарманоқ были обнаружены тела трёх человек. Поиск оставшихся двух продолжается.
На месте происшествия работали сотрудники правоохранительных органов. Хоким Бухарской области Ботыр Зарипов также прибыл, чтобы лично ознакомиться с ситуацией.
Следственным управлением УВД Бухарской области возбуждено уголовное дело по части 2 пункта «а» статьи 257 Уголовного кодекса Республики Узбекистан («Нарушение правил охраны труда»). Проводятся следственные мероприятия.
Мы выражаем глубокие соболезнования родным и близким погибших.

Buxoro kanalizatsiya kollektori fojeasi
4-sentabr kuni soat 12:02 da Buxoro viloyati FVB boshqarmasi va IIBning qisqa «102» raqamiga Buxoro tumanining Bo‘g‘idasht qishlog‘i hududidan o‘tuvchi markaziy kanalizatsiya kollektori hududida sodir bo‘lgan favqulodda hodisa haqida xabar kelib tushdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoro shahrining 7-mikrorayonida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya quvurlarini ulash chog‘ida «Fayz binokor Oltiariq» MCHJning besh nafar ishchisi ehtiyotsizlik oqibatida kollektorga tushib ketgan.
Tekshiruv davomida aniqlanishicha, soat 12:00 larda ishchilar «O‘rta Osiyo qurilish» MCHJga tegishli 80 411 JBA davlat raqamli KamAZ rusumli kran haydovchisi bilan birgalikda diametri 1000 mm, chuqurligi 8 metr bo‘lgan yangi kollektorni amaldagi kanalizatsiyaga ulash ishlarini olib borishgan. Shu maqsadda «Buxoro viloyat suv ta’minoti va kanalizatsiya boshqarmasi» muhandislik kompaniyasidan ruxsat olinmagan holda lyuk ochilgan bo‘lib, bu mehnat muhofazasi qoidalarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.
Natijada besh ishchi ichkariga tushib ketib, kuchli oqim oqibatida oqova suv oqimi ularni olib ketgan. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish chog‘ida Zarmano‘q mahallasi hududidagi kollektorda uch kishining jasadi topilgan, qolgan ikki kishini qidirish ishlari davom etmoqda.
Hodisa joyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishlashdi. Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ham vaziyat bilan shaxsan tanishish uchun hodisa joyiga tashrif buyurdi.
Buxoro viloyati IIB tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a» bandi («Mehnat muhofazasi qoidalarini buzish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Biz halok bo‘lganlarning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz.