Бухара получает вторую гастрономическую улицу
В Бухаре презентован проект еще одной круглосуточной «гастрономической улицы». Если первая уже почти завершена на территории «Мелодия», то вторая появится на улице Садриддина Айний, в махалле «Низомий Ганжавий» (рядом с Горгазом и ЦУМом).
На реализацию проекта направлено 2,9 млрд сумов. В рамках работ установят трансформатор и проложат новые электросети, обустроят освещение, пешеходные дорожки, детскую и спортивную площадки, зоны отдыха, декоративные фонари и зеленые насаждения.
Здесь разместятся 26 новых предприятий, 40 действующих расширят деятельность, а также появятся 24 точки выездной торговли. В результате создадут 50 новых рабочих мест, обеспечат дополнительные налоговые поступления в размере 0,5 млрд сумов, а общий экономический эффект составит около 10 млрд сумов.
👉 Всё это делается для того, чтобы жители и гости города имели новые возможности для отдыха и досуга в любое время суток.



Buxoro ikkinchi gastronomik ko‘chaga ega bo‘ladi
Buxoroda yana bir tunu-kun ishlaydigan “gastronomik ko‘cha” loyihasi taqdim etildi. Agar birinchisi allaqachon “Melodiya” hududida deyarli yakunlangan bo‘lsa, ikkinchisi Sadriddin Ayniy ko‘chasida, “Nizomiy Ganjaviy” mahallasida (Gorgaz va TSUM yonida) paydo bo‘ladi.
Loyihani amalga oshirish uchun 2,9 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Ishlar doirasida transformator o‘rnatiladi va yangi elektr tarmoqlari tortiladi, yoritish tizimi, piyodalar yo‘laklari, bolalar va sport maydonchalari, dam olish zonalari, dekorativ chiroqlar va yashil hududlar barpo etiladi.
Bu yerda 26 ta yangi korxona joylashadi, 40 ta faoliyat yuritayotgan korxona o‘z faoliyatini kengaytiradi hamda 24 ta ko‘chma savdo nuqtalari tashkil etiladi. Natijada 50 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, 0,5 mlrd so‘mlik qo‘shimcha soliq tushumlari ta’minlanadi va umumiy iqtisodiy samaradorlik qariyb 10 mlrd so‘mni tashkil etadi.
👉 Bularning barchasi shahar aholisi va mehmonlari tunu-kun hordiq chiqarish va dam olish uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishlari uchun qilinmoqda.