В Бухаре продолжаются масштабные работы по благоустройству
В эти дни в Бухаре активно ведутся широкомасштабные строительные и благоустроительные работы, направленные на создание удобств для жителей и гостей города, а также на повышение туристической привлекательности древнего города.
В частности, благоустраиваются такие знаковые объекты, как культурное наследие “Талипоч”, мавзолей Исмоила Самани и прилегающая к нему территория, а также мавзолей Чашма-Аюб. Для посетителей создаются дополнительные удобства.
Аналогичные работы начались и на дороге, соединяющей архитектурный комплекс Чор-Бакр с исторической частью города. Согласно проекту, будут полностью обновлены защитные стены кладбищ по обе стороны дороги и благоустроены прилегающие участки.
По предварительным расчетам, будут заново возведены кладбищенские стены протяженностью 316 м, 237 м и 65 м. Все работы осуществляются за счет средств меценатов, при этом ни одно дерево не будет повреждено.
За каждым шагом и каждой инициативой стоит идея: «Во имя ценности человека». Создаваемые удобства находят отражение не только в повседневной жизни граждан, но и укрепляют их уверенность в будущем.





Buxoroda obodonlashtirish ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda
Shu kunlarda Buxoro shahri aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish, shuningdek, shaharning turistik jozibadorligini oshirish maqsadida keng ko‘lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari va obodonlashtirish tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, mahalliy va chet ellik sayyohlar tez-tez tashrif buyuradigan “Talipoch” madaniy meros obyekti, Ismoil Somoniy maqbarasi va unga tutash hududlar, Chashma-Ayub maqbarasi kabi muqaddas qadamjolar obodonlashtirilib, tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratilmoqda.
Huddi shunday, Chor Bakr me’moriy majmuasi bilan Buxoroning eski shahar qismini bog‘lovchi yo‘lda ham qurilish va ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Loyiha bo‘yicha yo‘lning ikki tomonidagi qabristonlarning himoya devorlari to‘liq yangilanadi va yo‘lga tutash qismlar obodonlashtiriladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qabristonlarning 316 m, 237 m va 65 m uzunlikdagi himoya devorlari yangidan quriladi. Ushbu tadbirlarning barchasi homiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda. Muhimi, ishlar davomida birorta daraxtga shikast yetkazilmaydi.
Har bir tashabbus va loyiha ortida “Inson — qadri uchun” degan g‘oya mujassam. Yaratilayotgan qulayliklar nafaqat fuqarolarning kundalik hayotida, balki ularning kelajakka bo‘lgan ishonchida ham o‘z ifodasini topmoqda.