Новые панорамы Бухары помогут заранее изучить маршрут по городу

Бухара, 12 ноября 2026 года. В Yandex Maps масштабно обновились панорамы Бухары. Обновленные панорамы помогут заранее изучить незнакомый район, найти вход в нужное здание и увидеть, как изменились привычные улицы. Во время съёмки панорамомобиль проехал 1 458 километров улиц и дорог Бухары и соседних населенных пунктов — в результате было подготовлено более 55 тысяч панорам. 

12121212-1024x576 Новые панорамы Бухары помогут заранее изучить маршрут по городу

Для туристов панорамы — возможность познакомиться с Бухарой еще до путешествия. Можно рассмотреть достопримечательности, выбрать интересные остановки и заранее виртуально пройти будущий маршрут.

Например, начать виртуальную прогулку можно у ансамбля Пои-Калян со знаменитым минаретом, затем рассмотреть Чор-Минор, а после заглянуть к медресе Кукельдаш в ансамбле Ляби-Хауз. Панорамы позволяют увидеть достопримечательности вместе с окружающими улицами и заранее выбрать маршрут для будущей поездки.

Чтобы открыть панорамы на смартфоне, нужно нажать на значок с двумя квадратами в правом верхнем углу главного экрана и выбрать слой «Панорамы». На карте появятся синие линии — нажав на любую из них, можно рассмотреть выбранное место со всех сторон и начать виртуальную прогулку. Чтобы увидеть обновленные изображения, нужно выбрать 2026 год в левом верхнем углу экрана.

В этом году в Yandex Maps обновились панорамы Ташкента и Самарканда, а также добавились панорамы Андижана и Намангана. Пользователи могут посмотреть, как выглядят улицы этих городов, и заранее изучить места, куда собираются отправиться. 

Скачать приложение Yandex Maps  можно в Google Play или App Store.

О Yandex Maps

Yandex Maps — приложение, которое помогает решать повседневные городские задачи — от поиска ближайшего кафе, магазина или аптеки до поездки в незнакомый район. В приложении можно находить нужные организации и городские объекты, смотреть часы работы, фотографии, рейтинги, отзывы и другую полезную информацию, а затем строить удобные маршруты на любом виде транспорта или пешком.

Yandex Maps’da Buxoroning yangi panoramalari paydo bo‘ldi: endi shahar bo‘ylab yo‘nalishni oldindan o‘rganish mumkin

Buxoro, 2026-yil 12-noyabr. Yandex Maps ilovasida Buxoro shahri panoramalari keng ko‘lamda yangilandi. Endi foydalanuvchilar notanish hudud bilan oldindan tanishishi, kerakli binoga kirish joyini topishi va o‘zlari yaxshi biladigan ko‘chalarning bugungi qiyofasini ko‘rishi mumkin.

Tasvirga olish jarayonida panoramomobil Buxoro va unga yaqin aholi punktlarining 1 458 kilometr ko‘cha va yo‘llarini bosib o‘tdi. Natijada 55 mingdan ortiq panorama tayyorlandi.

Sayyohlar uchun panoramalar safarga chiqishdan oldin Buxoro bilan virtual tanishish imkonini beradi. Ular tarixiy obidalarni tomosha qilishi, borishga arziydigan manzillarni tanlashi va bo‘lajak sayohat yo‘nalishini oldindan virtual tarzda bosib o‘tishi mumkin.

Masalan, virtual sayrni mashhur minorasi bilan tanilgan Poi Kalon majmuasidan boshlash, keyin Chor Minorni tomosha qilish, so‘ng Labi Hovuz majmuasidagi Ko‘kaldosh madrasasiga yo‘l olish mumkin. Panoramalar orqali diqqatga sazovor joylarni nafaqat alohida, balki ular atrofidagi ko‘chalar bilan birga ko‘rish va bo‘lajak sayohat uchun qulay yo‘nalishni tanlash mumkin.

Smartfonda panoramalarni ochish uchun ilovaning asosiy ekrani yuqori o‘ng burchagidagi ikkita kvadrat tasvirlangan belgini bosish va «Panoramalar» qatlamini tanlash kerak. Shunda xaritada ko‘k chiziqlar paydo bo‘ladi. Ularning istalgan birini bosib, tanlangan joyni har tomondan ko‘rish va virtual sayrni boshlash mumkin. Yangilangan tasvirlarni ko‘rish uchun ekranning yuqori chap burchagidan 2026-yilni tanlash lozim.

Bu yil Yandex Maps ilovasida Toshkent va Samarqand panoramalari ham yangilandi, Andijon va Namangan shaharlarining panoramalari esa ilk bor qo‘shildi. Endi foydalanuvchilar ushbu shaharlar ko‘chalarining bugungi qiyofasini ko‘rishi va borishni rejalashtirayotgan joylari bilan oldindan tanishishi mumkin.

Yandex Maps ilovasini Google Play yoki App Store orqali yuklab olish mumkin.

Yandex Maps haqida

Yandex Maps — kundalik shahar hayotidagi turli vazifalarni hal qilishga yordam beradigan ilova. U orqali yaqin atrofdagi kafe, do‘kon yoki dorixonani topishdan tortib, notanish hudud bo‘ylab sayohatni rejalashtirishgacha bo‘lgan imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

Ilovada kerakli tashkilotlar va shahar obyektlarini izlash, ularning ish vaqti, fotosuratlari, reytingi, foydalanuvchilar sharhlari hamda boshqa foydali ma’lumotlarni ko‘rish mumkin. Shuningdek, istalgan transport vositasida yoki piyoda harakatlanish uchun qulay yo‘nalish tuzish imkoniyati ham mavjud.

Share this content:

9просмотров

Отправить комментарий

Возможно, вы пропустили

Статистика сайта
Посетителей: 632Просмотров: 875