В Бухарской области активно ведутся работы по улучшению систем водоснабжения и канализации. В рамках проекта Всемирного банка на сумму 139 млн долларов улучшено обеспечение водой жителей Каракуля и Алатского района, а также реконструированы канализационные системы Бухары и Кагана. В результате уровень централизованного водоснабжения вырос с 51% до 73%, а охват канализационными услугами – с 9,2% до 15%.
Дополнительно реализуется проект Азиатского банка инфраструктурных инвестиций на 633,5 млн долларов, который завершится в 2026 году. В его рамках 1,6 млн человек будут обеспечены питьевой водой, а 165 тыс. – канализацией.
Для повышения эффективности в АО “Buxorosuvta’minoti” доставлены 25 единиц современной спецтехники, предназначенной для оперативного устранения аварий и контроля незаконных подключений.
Хоким Бухарской области Батыр Зарипов подчеркнул важность повышения качества работ и усиления контроля за реализацией проекта.





Buxoroda ichimlik suvi va oqova tizimlarini modernizatsiya qilish davom etmoqda
So‘nggi yillarda Buxoro viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va oqova tizimlarini yaxshilash bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Jahon banki kreditlari hisobidan 139 million AQSh dollarlik loyiha doirasida Qorako‘l va Olot tumanlari aholisi uchun ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi, Buxoro va Kogon shaharlari oqova tizimlari rekonstruksiya qilindi. Natijada, viloyatda markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlash darajasi 51 foizdan 73 foizga, oqova xizmati qamrovi esa 9,2 foizdan 15 foizga oshdi.
Shuningdek, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida 633,5 million AQSh dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda. Bu loyiha 2026-yilgacha 1,6 million aholiga ichimlik suvi va 165 ming aholiga oqova xizmatlarini ta’minlashni ko‘zda tutadi.
Shu doirada “Buxorosuvta’minoti” AJga 25 ta zamonaviy maxsus texnika va mexanizmlar olib kelindi. Ushbu texnikalar iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish, noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash va muammolarni bartaraf etishda qulaylik yaratadi.