В Бухаре открылся ресурсный центр “Дом матери”

При содействии Национального агентства социальной защиты при Президенте Республики Узбекистан и общественного фонда “Ана Yйi” (Казахстан) в городе Бухара был создан ресурсный центр “Дом матери”. Это уже четвёртое подобное учреждение в стране.

Официальная церемония открытия центра состоялась в махалле “Авшормахалла” города Бухары, по адресу ул. Авшормахалла, 220. В мероприятии приняли участие хоким области Ботир Зарипов, директор Национального агентства социальной защиты при Президенте Узбекистана Мансурбек Оллояров, хоким города Бухары Курбон Турсунов, исполнительный директор фонда “Ана Yйi” Ажаркуль Клишбаева, представители общественности, активисты махалли и представители СМИ.

Выступавшие на мероприятии отметили значимость работы, проводимой в стране в сфере социальной защиты, охраны здоровья матерей и детей, а также обеспечения их социального благополучия. После этого участники ознакомились с условиями, созданными в центре, и пообщались с матерями, проживающими там.

📌 Справка:
Центр “Дом матери” оказывает поддержку женщинам, оказавшимся в сложных социальных и жизненных ситуациях, помогая им самостоятельно воспитывать своих детей. Здесь они получают моральную, психологическую и материальную помощь, в том числе жильё, питание, одежду, а также медицинское обслуживание для матери и ребёнка.

Buxoroda “Ona uyi” resurs markazi ochildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Qozog‘istonning “Ана Yйi” jamoatchilik jamg‘armasi hamkorligida Buxoro shahrida tashkil etilgan “Ona uyi” markazi yurtimizdagi to‘rtinchi muassasaga aylandi.

Buxoro shahridagi “Avshormahalla” MFY Avshormahalla ko‘chasi 220-uyda “Ona uyi” resurs markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Botir Zaripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov, Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov, Qozog‘istondagi “Ona uyi” (“ANA ҮYІ”) ijrochi direktori Ajarkul Klishbayeva, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar yurtimizda ijtimoiy himoya yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, ona va bola salomatligi, ularning ijtimoiy muhofazasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalishdi. Shundan so‘ng tadbir qatnashchilari “Ona uyi”da yaratilgan qulayliklar bilan tanishib, bu yerda yashayotgan onalar bilan suhbatlashishdi.

Ma’lumot uchun, “Ona uyi” markazi qiyin ijtimoiy vaziyat va turli salbiy holatlarda onalarga bolalarini o‘zlari tarbiyalash imkonini berish orqali yordam beradi. Markazda ularga ma’naviy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatiladi hamda ushbu yordam barcha zarur narsalar, xususan, uy-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak, shuningdek, ayol va bola uchun tibbiy yordamni o‘z ichiga oladi.