В Бухаре наводят порядок в вопросах незаконного строительства и старых разрешений
📍 7 мая в Бухаре состоялась встреча хокима города Курбона Турсунова с представителями СМИ.
❗️На встрече было отмечено, что в период работы прежних хокимов (до Джамола Носирова) предпринимателям выдавались различные документы на строительство новых объектов. Многие из этих документов не были использованы вовремя, часть из них оформлена с нарушениями или вовсе не считается официальным разрешением.
🔎 По словам Курбона Турсунова, в настоящее время на руках у граждан находится около 2000 таких документов, и каждый из них проверяется на соответствие законодательству.
📈 За год своей работы Курбон Турсунов инициировал выставление земельных участков на аукцион в районе Bukhara City, а также под строительство нового административного центра на окраине города — на пустующей территории.
🏗 В Бухаре выявлено более 200 объектов незаконного строительства различного типа. Власти проводят работы по устранению нарушений и наведению порядка в градостроительной сфере.
Buxoroda noqonuniy qurilishlar va eski hujjatlar bo‘yicha tartib o‘rnatilmoqda
📍 7-may kuni Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
❗️Uchrashuvda qayd etilishicha, Buxoroda ilgari faoliyat yuritgan shahar hokimlari (Jamol Nosirovgacha) tomonidan tadbirkorlarga turli hujjatlar asosida qurilishga ruxsat berilgan. Ammo ko‘plab holatlarda ushbu hujjatlar o‘z vaqtida ishlatilmagan, ayrimlari esa qonunchilik talablariga javob bermaydi yoki ruxsat beruvchi hujjat sifatida tan olinmaydi.
🔎 Hokim Qurbon Tursunov ayni vaqtda fuqarolarning qo‘lida bo‘lgan 2000 ga yaqin shunday hujjatni qonuniy jihatdan o‘rganib chiqmoqda. Ushbu hujjatlar yuzasidan tartibga solish ishlari olib borilmoqda.
📈 Hokimning bir yillik faoliyati davomida Buxoro City hududi va shahar chekkasida yangi ma’muriy markaz qurilishi uchun ajratilgan yer maydonlari ochiq auksion orqali tadbirkorlarga taqdim etildi.
🏗 Buxoro shahrida hozirda 200 dan ortiq noqonuniy qurilish aniqlangan bo‘lib, ularni bartaraf etish va qonuniylashtirish ishlari davom etmoqda.