⚡️В ходе рейдовых мероприятий, проведённых в районах и городах, к административной ответственности привлечены должностные лица, не выполнившие агротехнические мероприятия в установленные сроки.
🌳Инспекторы Управления экологии Бухарской области проверили состояние саженцев деревьев, высаженных в рамках общенационального проекта «Зелёное пространство» на территориях общеобразовательных школ, дошкольных учреждений, медицинских объединений и отделов благоустройства.
💬В ходе проверки было установлено, что саженцы, высаженные в осенний и весенний сезоны, не получали должного ухода, а полив не осуществлялся своевременно. В апреле и мае было зафиксировано в общей сложности 18 правонарушений.
👮♂️По данным фактам в отношении ответственных должностных лиц были применены штрафные санкции на общую сумму 67 500 000 сумов на основании части 4 статьи 79 Кодекса Республики Узбекистан об административной ответственности.
🚨Рейдовые мероприятия продолжаются…
Пресс-служба Управления экологии Бухарской области

Mansabdor shaxslar jarimaga tortildi
⚡️Tuman va shahar hududlarida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarmagan mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.
🌳Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, tibbiyot birlashmalari va Obodonlashtirish bo‘limlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlarining holati o‘rganildi.
💬O‘rganish jarayonida kuzgi va bahorgi ekish mavsumlarida ekilgan daraxt ko‘chatlari yetarlicha parvarish qilinmagani, sug‘orish ishlari o‘z vaqtida olib borilmagani aniqlanib, aprel-may oylarida jami 18 ta huquqbuzarlik holati qayd etildi.
👮♂️Mazkur qonunbuzarliklar yuzasidan mas’ul mansabdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 4-qismi asosida jami 67 500 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
🚨Reyd tadbirlari davom etmoqda…
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati