Школа №34 (Бухара): отец, избивший детей, оштрафован, руководство школы наказано

В социальных сетях распространяется видео, на котором запечатлено, как в школе №34 города Бухары отец одного из учеников 4-го класса избивает одноклассников своего сына. По подтверждённой информации, инцидент произошёл 30 апреля после конфликта между детьми. Один из учеников пожаловался отцу, и тот пришёл в школу и начал применять насилие.

По факту происшествия администрация школы направила официальное обращение в правоохранительные органы. Административный суд Бухары назначил отцу (Б.Ш.) штраф в размере пяти окладов.

Установлено, что классный руководитель и учителя присутствовали при инциденте, но не вмешались. Охранник, позволивший постороннему лицу войти в школу, уволен. Также расторгнут трудовой договор с директором школы. В настоящее время проводится служебная проверка в отношении классного руководителя и заместителей директора.

34-maktab (Buxoro): bolalarni kaltaklagan ota jarimaga tortildi, maktab rahbariyatiga chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Buxoro shahridagi 34-umumta’lim maktabida 4-sinf o‘quvchisi otasining sinfga kirib, sinfdosh bolalarni kaltaklayotgani aks etgan. Aniqlanishicha, voqea joriy yil 30-aprel kuni yuz bergan. Bolalar o‘rtasidagi janjaldan so‘ng ota maktabga kelib, o‘g‘lini urgan sinfdoshlariga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgan.
Holat bo‘yicha maktab rahbariyati tomonidan huquq-tartibot idoralariga rasmiy murojaat yo‘llangan. Buxoro ma’muriy sudi tomonidan ushbu ota (B.Sh.)ga 5 oylik ish haqi miqdorida jarima tayinlandi.
Voqea sodir bo‘lgan paytda sinf rahbari va o‘qituvchilarning vaziyatni tomosha qilgani, biroq unga aralashmagani ma’lum bo‘ldi. Begona shaxsni maktab hududiga kirishga yo‘l qo‘ygan qorovul ishdan bo‘shatildi, shuningdek, maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Hozirda sinf rahbari va direktor o‘rinbosarlarining faoliyati yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.