Газовая утечка в квартире сотрудника @potrebitelbukharaplus: благодарность специалистам газовой службы
23 июня 2025 года в квартире, где проживает сотрудник редакции @potrebitelbukharaplus, произошла утечка газа в месте подключения шланга за газовой плитой. Всё оборудование было установлено в 2022 году «хорошим» мастером, найденным через интернет.
Не зная, куда сразу обращаться, мы попытались дозвониться на короткий номер 104. Однако по техническим причинам с двух мобильных операторов это сделать не удалось. Чтобы не терять время, было принято решение обратиться к официальным частным фирмам в городе.
Сотрудник первой фирмы дал контактный номер, но трубку там никто не взял и позже не перезвонил. Представитель второй фирмы пообещал, что с нами свяжутся, но и это не произошло. Спустя несколько часов — никакого результата.
В итоге удалось связаться с газоснабжающей организацией, отвечающей за устранение утечек. Их специалисты оперативно прибыли по вызову. В процессе проверки стало ясно, что сама плита и шланг в порядке, но внутри шланга оказался мусор от прежней установки. Сотрудник устранил проблему, всё проверил и дал полезные рекомендации по безопасной эксплуатации.
💨 Важно отметить, что давление газа в квартире всегда было стабильным и хорошим, а после визита специалиста компании оно стало даже немного лучше.
Редакция выражает благодарность сотрудникам АО «Худудгазтаъминот» за профессиональный подход. Также рекомендуем рассмотреть возможность создания платных официальных услуг — специалисты ведомства обладают отличными практическими навыками и заслуживают доверия.



@potrebitelbukharaplus hodimi yashaydigan xonadonda gaz sizishi: gaz ta’minoti xodimlariga minnatdorlik bildiramiz
🗓 2025-yil 23-iyun kuni @potrebitelbukharaplus tahririyati xodimi yashaydigan xonadonda gaz plitasining orqa tarafida joylashgan shlang ulanish joyida gaz sizishi holati yuz berdi. Barcha uskuna 2022-yilda internet orqali topilgan “yaxshi” usta tomonidan o‘rnatilgan edi.
Qayerga murojaat qilishni bilmaganimiz sababli avval 104 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘ldik. Biroq texnik sabablarga ko‘ra ikki mobil operator orqali bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi. Vaqtni boy bermaslik uchun shahardagi rasmiy xususiy firmalarga murojaat qilishga qaror qilindi.
Birinchi firma xodimi kerakli telefon raqamini berdi, ammo u yerda hech kim javob bermadi va keyinchalik ham hech kim qayta qo‘ng‘iroq qilmadi. Ikkinchi firma vakili biz bilan tez orada bog‘lanishlarini aytdi, lekin bu va’da ham bajarilmadi. Bir necha soat o‘tganiga qaramay hech qanday natija bo‘lmadi.
Oxir-oqibat, gaz sizishi holatlarini bartaraf etish uchun mas’ul bo‘lgan gaz ta’minoti tashkiloti bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘ldik. Ularning mutaxassislari chaqiruvga zudlik bilan yetib kelishdi. Tekshiruv davomida gaz plitasi va shlangda nosozlik yo‘qligi, ammo shlang ichida avvalgi o‘rnatish vaqtida qolgan axlat borligi aniqlandi. Mutaxassis muammoni bartaraf etdi, barcha joyni tekshirib chiqdi va xavfsiz foydalanish bo‘yicha foydali tavsiyalar berdi.
💨 Ta’kidlash joizki, xonadonda gaz bosimi har doim barqaror va yaxshi bo‘lgan, lekin kompaniya mutaxassisi tashrifidan so‘ng bosim yanada biroz yaxshilanganini sezdik.
Tahririyat AО “Hududgazta’minot” xodimlariga kasbiy yondashuvlari uchun minnatdorchulik bildiradi. Shu bilan birga, ushbu sohaga doir pullik rasmiy xizmatlar yo‘lga qo‘yilishini ham taklif qilamiz — mazkur tashkilot mutaxassislari yuqori amaliy malakaga ega bo‘lib, to‘liq ishonchga loyiqdirlar.