200 ударов в минуту: в Бухаре спасли пациента с тяжёлой аритмией
В Бухарском филиале Республиканского центра скорой медпомощи прошли приёмы по направлению аритмологии. Врачи осмотрели десятки пациентов с нарушениями сердечного ритма и сосудистыми патологиями.
В обследованиях участвовал кардиолог К. Шамсиев, прошедший стажировку в южнокорейском Chonnam National University.
Один из сложных случаев — пациент из Жондора, 1982 года рождения. У него зафиксировали сердечный ритм 200 ударов в минуту, понижение давления, потерю сознания и проблемы с дыханием. Это состояние угрожало жизни.
После диагностики врачи провели малоинвазивную операцию: электрофизиологическое исследование и радиочастотную абляцию. Ритм сердца восстановлен, состояние стабилизировано.



Daqqina 200 marta urayotgan yurak: Buxoroda og‘ir aritmiya bilan kelgan bemor hayoti saqlab qolindi
Buxoro viloyatidagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialida aritmologiya yo‘nalishi bo‘yicha qabullar o‘tkazildi. Shifokorlar yurak ritmi va qon tomirlar bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan o‘nlab bemorlarni ko‘zdan kechirdi.
Tibbiy ko‘riklarda Janubiy Koreyaning Chonnam National Universityda malaka oshirgan kardiolog K. Shamsiyev ham ishtirok etdi.
Eng og‘ir holatlardan biri — 1982-yilda tug‘ilgan, Jondorlik bemor bilan bog‘liq bo‘ldi. Uning yurak urishi daqiqasiga 200 martaga yetgan, qon bosimi pasaygan, hushini yo‘qotgan va nafas olishda qiyinchilik kuzatilgan. Bu holat bemor hayotiga xavf solayotgan edi.
Shifokorlar zarur tashxis ishlaridan so‘ng kam invaziv operatsiya — elektrofiziologik tekshiruv va radiochastotali ablatsiya o‘tkazdi. Yurak ritmi tiklandi, bemorning holati barqarorlashdi.