Задержаны мошенники, обещавшие трудоустройство в Хорватии

⚡️ Задержаны мошенники, обещавшие трудоустройство в Хорватии
В Бухаре задержан 28-летний житель города, ранее судимый за мошенничество. Он представился жителям Ташкента, Ташкентской и Кашкадарьинской областей как представитель туристической компании и завоевал их доверие.

Злоумышленник сообщил, что у него есть связи в Хорватии, и предложил за 6 000 долларов США отправить их на работу по рабочей визе. В ходе совместной операции сотрудников СГБ по г. Ташкенту и МВД он был задержан в Якасарайском районе с вещественными доказательствами при получении 3 000 долларов США авансом.

Аналогичный случай произошел в Наманганской области. Житель города Намангана 1999 года рождения обманным путем завоевал доверие трёх земляков. При помощи своего брата, работающего в Хорватии, он обещал трудоустроить их в этой стране за 2 600 долларов США с каждого, всего на сумму 7 800 долларов.

Однако в Янги-Наманганском районе он был задержан сотрудниками СГБ и Департамента при Генеральной прокуратуре при получении 3 900 долларов США.

В отношении обоих фигурантов возбуждены уголовные дела по п. “а” ч. 2 ст. 168 УК РУз (мошенничество), ведется следствие.

⚡️ Xorvatiyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Buxoro shahrida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan va ilgari firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs Toshkent shahri, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida istiqomat qiluvchi 3 nafar fuqaroga o‘zini go‘yoki sayyohlik kompaniyasi vakili sifatida tanishtirib, ularning ishonchiga kirgan.

U Xorvatiya davlatida tanishlari borligini aytib, ularni ishchi viza orqali ushbu mamlakatga ishga yuborish evaziga 6 000 AQSh dollari talab qilgan. DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u talab qilingan pullardan 3 000 AQSh dollarini oldindan olayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shu kabi holat Namangan viloyatida ham qayd etilgan. Namangan shahrida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan shaxs ham aldamchilik yo‘li bilan 3 nafar hamshaharining ishonchiga kirgan. U Xorvatiyada ishlayotgan akasining yordami bilan ularni ushbu davlatga yuborish evaziga har biridan 2 600 AQSh dollari, jami 7 800 AQSh dollari talab qilgan.

Ammo u Yangi Namangan tumanida talab qilingan pullardan 3 900 AQSh dollarini olayotganida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirda ikkala shaxsga nisbatan JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari olib borilmoqda.