Новые правила для медиков в Узбекистане: баланс между удобством и рисками системы
В Узбекистане вступили в силу новые правила работы государственных медицинских учреждений — система перешла с 6-дневной на 5-дневную рабочую неделю. Официально изменения направлены на повышение комфорта медицинских работников и оптимизацию нагрузки.
Однако беседы с сотрудниками поликлиник Бухары показывают и обратную сторону реформ. В частности, часть медиков выражает недовольство продлённым рабочим днём до 20:00. По неофициальной информации, некоторые специалисты уже приняли решение уволиться.
Среди населения наибольшие вопросы вызывают доступность процедурных услуг — физиотерапии, капельниц и других лечебных процедур. Если ранее они были доступны 6 дней в неделю, то теперь во многих случаях ограничены только рабочими днями. В субботу зачастую остаётся лишь базовый приём с возможностью проведения отдельных инъекций.
Это может привести к тому, что пациенты, проходящие курсовое лечение, будут вынуждены обращаться в частные клиники. В результате возрастёт нагрузка на частный сектор, тогда как для части населения такие услуги могут оказаться финансово недоступными.
Кроме того, ожидается перераспределение потока пациентов на 5 рабочих дней, что может увеличить нагрузку на систему и привести к росту очередей.
Сохраняются и системные проблемы: значительный объём бумажной работы, высокая нагрузка и относительно низкий уровень заработной платы. В этих условиях часть врачей рассматривает переход в частный сектор как более выгодный.
По данным редакции, рассматриваются планы увеличения нагрузки — с условного показателя один врач на 2000 человек до 3000 человек с 2027 года. По мнению специалистов, это может дополнительно усилить дефицит кадров.
Также отмечается дисбаланс в распределении ставок: некоторые специалисты работают с высокой нагрузкой на 0,5–0,7 ставки, тогда как менее загруженные сотрудники имеют полную ставку и выше.
Редакция отмечает, что система здравоохранения остаётся одной из наиболее сложных и закрытых сфер, где получение достоверной информации затруднено, а трактовка нормативных документов нередко различается.
Эксперты сходятся во мнении: реформы необходимы, однако их реализация требует комплексного учёта кадровых, организационных и социальных факторов. В противном случае система может столкнуться с оттоком специалистов и ростом числа жалоб со стороны пациентов.

O‘zbekistonda tibbiyot tizimidagi yangi tartiblar: qulaylik va xavotirlar o‘rtasida
O‘zbekistonda davlat tibbiyot muassasalari uchun yangi ish tartibi joriy etildi — endilikda tizim 6 kunlikdan 5 kunlik ish haftasiga o‘tdi. Mazkur o‘zgarishlar rasmiy ravishda tibbiyot xodimlari uchun qulaylik yaratish va ish yuklamasini optimallashtirishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.
Biroq Buxoro shahridagi poliklinika xodimlari bilan o‘tkazilgan suhbatlar ushbu islohotlarning boshqa jihatlarini ham ochib bermoqda. Xususan, ayrim tibbiyot xodimlari ish vaqtining 20:00 gacha uzaytirilganidan norozi ekanini bildirgan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu holat sabab ayrim mutaxassislar ishini tark etgan.
Aholini esa ko‘proq kundalik muolajalar — fizioterapiya, tomchilatib davolash (kapelnitsa) va boshqa protseduralar masalasi tashvishga solmoqda. Avval ushbu xizmatlardan haftasiga 6 kun foydalanish imkoniyati bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ularning aksariyati faqat ish kunlari bilan cheklanmoqda. Shanba kuni esa ayrim joylarda faqat shifokor va hamshira tomonidan oddiy muolajalar bajarilishi kuzatilmoqda.
Natijada, davolanish kursi uzluksiz davom etishi uchun fuqarolar xususiy tibbiyot xizmatlariga murojaat qilishga majbur bo‘lishi mumkin. Bu esa xususiy sektor faolligining oshishiga olib kelishi bilan birga, moddiy imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi.
Shuningdek, mutaxassislar bemorlar oqimining haftaning 5 kuniga jamlanishi ortidan tizimda yuklama oshishi, navbatlar ko‘payishi ehtimolini ham qayd etmoqda.
Tibbiyot muassasalarida mavjud boshqa tizimli muammolar ham dolzarbligicha qolmoqda: hujjatlar bilan ishlash hajmining kattaligi, bemorlar sonining ko‘pligi va nisbatan past ish haqi sabab ayrim shifokorlar xususiy sektorga o‘tishni afzal ko‘rmoqda.
Tahririyat ixtiyoridagi ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim hududlarda bir shifokorga to‘g‘ri keladigan aholi sonini 2000 nafardan 3000 nafargacha oshirish rejalashtirilmoqda. Mutaxassislar fikricha, bu holat mavjud kadrlar yuklamasini yanada kuchaytirishi mumkin.
Bundan tashqari, ayrim tor yo‘nalishdagi shifokorlar yuqori yuklama bilan ishlayotgan bo‘lsa-da, ularning stavkalari 0,5 yoki 0,7 darajasida qolayotgani, kamroq yuklama bilan ishlayotgan boshqa mutaxassislarda esa to‘liq stavka mavjudligi ta’kidlanmoqda.
Tahririyat shuni ham qayd etadiki, tibbiyot sohasi murakkab va ko‘p bosqichli tizim bo‘lib, ochiq va aniq ma’lumot olish har doim ham oson emas. Ayrim hollarda mas’ul shaxslarning o‘zi ham amaldagi tartiblarning amaliy ijrosi bo‘yicha turlicha izoh bermoqda.
Mutaxassislar fikricha, islohotlar zarur, biroq ularni amalga oshirishda tizimdagi real yuklama, kadrlar ta’minoti va aholining ehtiyojlari har tomonlama hisobga olinishi lozim. Aks holda, yaqin kelajakda kadrlar oqimi kamayishi va bemorlar murojaatlari ko‘payishi ehtimoli mavjud.